Ichki ishlar vazirligi: “Andijon shahrida shifokorning hayotiga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi”

Jinoyat 23.08.2019, 18:29
Ichki ishlar vazirligi: “Andijon shahrida shifokorning hayotiga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi”

Andijonda ko`p tarmoqli shifoxonada shifokorga uyushtirilgan suiqasd haqida avval xabar qilgandik. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan rasman axborot berdi.

2019 yil 21 avgust kuni soat 10.00larda Xonobod shahar Taraqqiyot 3-tor ko`chasida yashovchi 1982 yilda tug`ilgan F.A. birga yashovchi onasi, 2-guruh nogironi, 1955 yilda tug`ilgan I.A.ni sog`lig`i yomonlashganligi sababli, uni Andijon shahrida joylashgan Andijon viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazining jarohat oqibatlari va ortopediya bo`limiga olib kelib, onasini shu bo`lim mudirining qabuliga olib kirmoqchi bo`lgan va bo`lim mudiri bilan o`rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Shundan so`ng, F.A.ning bundan jahli chiqib, bo`lim mudiri qo`llarini bog`lab, o`zi bilan elim idishda olib kelgan benzin yoqilg`isini xonaga sepib, o`ldirish bilan qo`rqitayotgan vaqtida shu bo`limda ishlovchi xodimlar F.A.ni ushlab qolishgan.


Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O`ldirish yoki zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitish) 1-qismi va 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko`rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish),173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar etkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1