1

​Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida qaysi qonun loyihalari ko`rib chiqiladi?

Siyosat 23.08.2019, 10:08
​Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida qaysi qonun loyihalari ko`rib chiqiladi?

Bugun, 23 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Yalpi majlida 84 nafar Senat a`zolari ishtirok etmoqda.

Yalpi Majlis kun tartibida 26 ta O`zbekiston Respublikasining qonunlari ko`rib chiqiladi. Jumladan:

-“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi;

-“Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi;

- “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to`g`risida”gi;

- “Ona suti bilan oziqlantirishni qo`llab-quvvatlash hamda go`daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to`g`risida”gi;

- “Moddiy madaniy meros ob`ektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi;

- “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O`zbeksiton Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi va boshqa.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1