1

Isroil va Janubiy Koreya erkin savdo bo`yicha kelishuv bitimini imzoladi

Dunyo 22.08.2019, 18:36
Isroil va Janubiy Koreya erkin savdo bo`yicha kelishuv bitimini imzoladi

Mazkur masalada uch yil davom etgan muzokaralar va nihoyat o`z nihoyasiga etdi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma`lum qildi.

"Bizning hamkorligimiz ikki tomon iqtisodiyoti uchun katta foyda olib keladi. Ishonchim komilki bu mamlakatlarimiz o`rtasidagi mahsulot ayriboshlash hajmini 2,5 mlrd.dollarga etkazishga yordam beradi", deya ta`kidladi Bosh vazir. Kelishuvga ko`ra, Janubiy Koreya Isroilga avtomobil va uning ehtiyot qismlarini, o`yinchoqlar, maishiy texnika vositalari va elektron qismlarni bojlarsiz eksport qilishi mumkin. O`z navbatida Janubiy Koreyaga jo`natilayotgan 95 foiz Isroil mahsulotlariga bojxona bojlari bekor qilinadi.Imtiyozlar ishlab chiqarish uskunalari, elektr asboblari, tibbiy asbob-uskunalar, kosmetika, sharbat va o`g`itlarga tadbiq etiladi. Ushbu kelishuv ikki davlat hukumatlari tomonidan ham tasdiqlanishi, shuningdek, parlamentlar tomonidan ratifikasiya qilinishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1