1

Boliviyada 500 gektardan ortiq o`rmon yonib, kul bo`ldi

Dunyo 22.08.2019, 18:32
Boliviyada 500 gektardan ortiq o`rmon yonib, kul bo`ldi

Bu yili Amazoniyada kuzatilayotgan o`rmon yong`inlari ko`lami bo`yicha rekord darajaga borib etgani aytilmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru telekanali xabar berdi.

Birgina Boliviyaning o`zidama`lumotlariga ko`ra, hozirga qadar 500 ming gektardan ortiq hudud alanga ichida qolgan. Santa- Krus departamentining 70 % hududida yong`in kelib chiqish xavfi “favqulodda yuqori” ekanligi aytilmoqda. Turli ekinlardan qolgan poyalarning fermerlar tomonidan yoqib yuborilishi natijasida kelib chiqqan alanga qurg`oqchil ob-havo sabab tezda katta huddlarga tarqalib nazoratdan chiqib ketgan. Ekologik tashkilotlarning ogohlantirishicha, yong`inlar sabab 500 dan ortiq mahalliy jonivorlarning hayoti xavf ostida qolgan. Tukavaka qo`riqxonasi joylashgan Chikitano o`rmoniga katta talofat etgan. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, alanga Paragvay chegarasiga qadar etib kelgan. Shuningdek, qo`shni Braziliya hududida ham o`rmon yong`inlari kuzatilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1