Hindistonning ikki shtatida komendantlik soat e`lon qilindi

Dunyo 22.08.2019, 18:27
Hindistonning ikki shtatida komendantlik soat e`lon qilindi

Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida komendantlik soati davom etmoqda. Aholi harbiylardan qo`rqayotganligi uchun ko`chaga chiqmayapti. Bu haqda Ntdtv.ru telekanali xabar berdi.

Turli tartibsizliklar va qo`poruvchilik harakatlarining oldini olish maqsadida shtatga harbiylar jo`natilgan. Hududda kuchaytirilgan xavfsizlik choralari bin necha haftadan buyon saqlanib turibdi. Hozirda do`konlar, bank va maktablar yopiqligicha qolmoqda. Hududda mobil aloqa ham uzib qo`yilgan. Mahalliy aholi uylaridan tashqariga chiqishga xavfsirashmoqda. Hindiston hukumati 5 avgust kuni musulmon shtatiga alohida maqom berilishini nazarda tutuvchi370- moddani mamlakat Konstitusiyasidan chiqarib tashladi. Hindiston hukumati o`zining qarorini Djamu va Kashmir aholisini mamlakat hayotiga integrasiyalashuviga yordam berish maqsadida qabul qilgani bilan izohlamoqda.

Barcha erda polisiya va harbiylar patruli ish olib borishiga qaramasdan tartibsizliklar kelib chiqmoqda. Jamu va Kashmir bahsli hudud hisoblanadi. Kashmirning 30 % hududi Pokiston boshqaruvi ostida bo`lib, mamlakat shtatning qolgan qismini ham nazorat ostiga olishga da`vogarlik qilib keladi.Ushbu hudud bir necha marotaba Hindiston va Pokiston o`rtasida urush harakatlari va qurolli mojarolarning kelib chiqishiga sabab bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1