1

O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va targ`ib etish...

Madaniyat 22.08.2019, 12:33
O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va targ`ib etish...

Bugundan e`tiboran besh kun davom etadigan III xalqaro kongress ish boshladi.

“O`zbekiston – buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusida madaniy meros haftaligi O`zbekistonning to`rtta shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Kongressda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o`rinbosari S. Safoev, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari A.Abduhakimov mazkur haftalik ishtirokchilarini qutlab, bu ezgu tashabbus muhim ahamiyatga egaligini ta`kidladi.

Tadbirda O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish ishlari bo`yicha olib borilayotgan islohotlar haqida so`zlovchi videorolik namoyish etildi.

Kongress sho``balarga bo`lingan holda o`z ishini davom ettiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1