1

"Men sudlarga ishonaman"

Jamiyat 22.08.2019, 12:02
"Men sudlarga ishonaman"

Haqiqatdan ham men Human.uz saytida “Nega fuqarolar sudlar faoliyatida norozi?” nomli maqolani o`qib chiqdim hamda ushbu saytga joylashtirilgan video rolikni ham ko`rdim. Lekin men ushbu video rolikda va maqolada sudlarga nisbatan bildirilgan fikrlarga to`liq qo`shilmayman. Chunki bugungi kunda sudlar tomonidan ishlar samarali tarzda, qonuniy, adolatli ko`rib chiqilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari va turli ijtimoiy tarmoqlardagi fuqarolarimizning sudlar tomonidan chiqarilagan ko`plab qarorlar bir tomonlama bo`layotgani, bu muammolar yuzasidan berilgan shikoyatlari yillab hal qilinmayotgani, hatto ko`rib ham chiqilmayotganligi haqidagi munosabatlari va murojaatlari, fuqarolarimizning sudlar faoliyatidan norozilik bildirib qilayotgan murojaatlari va bu boradagi tanqidiy chiqishlarning barchasi ham haqiqatga yaqin emas, bugungi kunda nima uchun aynan shunday murojaat va maqolalar ko`r ko`rina boshlaganligi, ushbu toifadagi chiqishlar aynan nima qaratilganligi, nima uchun bunday tarzdagi chiqishlar bilan sud-huquq tizimida olib borilayotgan samarali islohotlarga parda tortilib, haqiqiy holatlar e`tirof etilmasdan qolmoqda.

Xususan men2018 yil 11 dekabr kuni o`zimni boshqaruvimdagi avtomashinadafuqaro B.Ro`ziboevni urib yuborib, B.Ro`zibaevning o`limiga sababchi bo`lgan yo`l transport hodisasini sodir qilganman. Menga nisbatan jinoyat ishlari bo`yicha Sardoba tuman sudining 2019 yil 20 fevral kungi hukmi bilan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topib, aybimga to`liq iqrorligimni, chin ko`ngildan pushaymonligimni, jabrlanuvchining da`vosi yo`qligini, mahallaning kafolat xatini, 4 nafar farzandim borligini, asosiy kasbim haydovchilik bo`lganligini, haydovchilik qilib o`z oilamni va marhumning oilasini moddiy tomondan ta`minlashimni inobatga olib, haydovchilik huquqidan mahrum qilish tariqasidagi qo`shimcha jazoni qo`llamasdan, JKning 72-moddasini qo`llab, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini shartli hisoblab, bir yil sinov muddati belgilagan. Bugungi kunda oilam, farzandlarim bag`rida yashab mehnat qilib kelmoqdaman.

Menga eng ta`sirli tomoni sud majlisi jarayonida mening har bir so`zim muhtaram sudya tomonidan tinglanib, barchasi tekshirib ko`rilgani va ushbu iltimoslarimga baho berilgani bo`ldi hamda meni juda quvontirdi.

Sudlar tomonidan ish holatlarini har tomonlama o`rganib, qonunda belgilangan barcha engilliklar qo`llanib kelinayotgan bo`lsa, ular tomonidan chiqarilgan qarorlardan qanday norozi bo`lish yoki adolatsiz deb hisoblash mumkin.

Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasida yashovchi

Gaziev Qobiljon

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1