1

Markaziy harbiy okrugda hisobot yig`ilishi bo`lib o`tdi

Jamiyat 22.08.2019, 11:48
Markaziy harbiy okrugda hisobot yig`ilishi bo`lib o`tdi

Markaziy harbiy okrugdagi Situasion markazida Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari Rustam Qobilov rahbarligida Prezidentning 2018 yil 4 avgust kunidagi «O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma`naviy-ma`rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida»gi PQ-3898-sonli Qarori ijrosi yuzasidan yillik hisobot yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda o`tgan yig`ilishda shahar, viloyati va tuman hokimlari o`rinbosarlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Dastlab yig`ilishda harbiy okrug qo`mondoni o`rinbosari polkovnik Ulug`bek Do`stmatov «Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!» konseptual g`oya asosida olib borilayotgan amaliy ishlar, Qarorning mazmun-mohiyati, maqsadi va ortda qolgan bir yil davomida erishilgan ijobiy natijalar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Harbiy xizmatchilarning ma`naviy-ma`rifiy saviyasini oshirishda harbiy qismlarda tashkil etilayotgan tadbirlar, ko`rik-tanlov, musobaqalar, davra suhbatlari, ko`rgazmali mashg`ulotlar yuqori samara berayotgani ta`kidlandi. Harbiy qismlardagi psixologlarning o`rni va roli haqida to`xtalib o`tildi.

Yig`ilishda harbiy xizmatni o`tash bilan bog`liq bo`lgan muammolarga e`tibor qaratildi.

Tadbir so`ngida ishtirokchilar harbiy qismdagi harbiy xizmatchilar uchun yaratilganshart-sharoitlar, elektron va badiiy kutubxona, panaramali majmuaviy otish trenajyori hamda askarlar oshxonasi bilan yaqindan tanishishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1