1

Prezident maktablari boshqa maktablar uchun andoza bo`lishi, ta`lim muhitini o`zgartirishi kerak

Siyosat 22.08.2019, 10:38
Prezident maktablari boshqa maktablar uchun andoza bo`lishi, ta`lim muhitini o`zgartirishi kerak

Bu haqda davlatimiz rahbari Nukus shahrida qurilayotgan Prezident maktabi bilan tanishish chog`ida aytib o`tdi.

Shavkat Mirziyoev Prezident maktablari tashkil etish tashabbusini o`tgan yili aynan Nukusda e`lon qilgan, buni Qoraqalpog`istondan boshlashni taklif etgan edi.

Joriy yil 20 fevralda shu bo`yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Nukus shahrida ham ushbu maktab qurilishi jadal olib borilmoqda. Kembrij universiteti bilan hamkorlikdagi Imtihon kengashi tomonidan o`tkazilgan qabul jarayonlarida eng bilimga chanqoq bolalar tanlab olindi.

Shavkat Mirziyoev maktabning binosi ham, ma`rifati ham mukammal bo`lishi kerakligini, shuning uchun uni shoshmasdan, sifatli qurib, Konstitusiya bayramida foydalanishga topshirish zarurligini ta`kidladi. Ungacha o`quvchilar boshqa binoda o`qib turadi.

Maktabda darslar xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o`quv reja va “STEAM” dasturi asosida ingliz tilida olib boriladi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg`or ta`lim metodologiyalari asosida chuqur o`rgatiladi.

Davlatimiz rahbari mazkur bilim dargohi uchun pedagoglar qanday tanlanayotgani bilan qiziqdi.

- Bu maktablarning o`qituvchisi ham, o`quvchisi ham eng namunali bo`lishi lozim, - dedi Prezident. - Chuqur bilim bilan birga ma`naviyat, vatanparvarlik hissi ham singdirilishi zarur. Bu erga bilimli bolalar kelishi uchun har bir tumanda bazaviy bog`cha va maktablar shakllanishi lozim. Shunda umumiy bilim, saviya, ta`lim muhiti o`zgaradi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1