1

Mehnat migrantlariga uy beriladi!

Jamiyat 22.08.2019, 09:26
Mehnat migrantlariga uy beriladi!

“Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a`zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Farmonga ko`ra:

  • uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda ko`p kvartirali uylardan respublika bo`yicha jami 3 462 ta xonadon ajratiladi;
  • mehnat migrantlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi hududida olingan kreditlarni qaytarishni “Aziya invest bank” AJ va Rossiyadagi boshqa hamkor-banklar orqali Rossiya rublida, shu jumladan elektron to`lov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmi joriy qilinadi.

2019 yil 1 oktyabrdan:

  • mehnat migrantlariga – 1 bank kuni davomida pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi asosida 2019–2020 yillarda 10 foiz
  • va 2021 yilda 12 foiz stavkada 2 mln so`m miqdorida 1 yil muddatga mikroqarzlar berish;
  • sug`urta kompaniyalariga – yiliga 1 marotaba xorijdagi vaqtinchalik mehnat migrantlari hayoti va sog`lig`ini sug`urtalash bo`yicha sug`urta mukofoti summasini qoplash uchun har bir mehnat migranti uchun 50 000 so`m miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.

Farmonga muvofiq:

  • Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari bo`yicha respublika komissiyasi;
  • Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo`llab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etildi.

Farmon bilan:

  • 2019 yil 1 oktyabrga qadar “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimi doirasida “labor-migration” dasturiy majmuasini joriy etilishi;
  • Farmonda nazarda tutilgan kreditlar, subsidiyalar, mikroqarzlar va ko`p kvartirali uylardagi xonadonlar “labor-migration” dasturiy majmuasida ro`yxatdan o`tgan mehnat migrantlariga taqdim etilishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1