1

Energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlar ishchilariga nisbatan 25 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 22.08.2019, 09:21
Energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlar ishchilariga nisbatan 25 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi

O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi quyi tashkilotlarida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida tegishli ishlarni amalga oshirmoqda.

Elektr va gaz ta`minoti korxonalari xodimlari tomonidan yo`l qo`yilgan qonunbuzarliklarni tahlil qilish orqali, O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga qo`shimcha mablag`lar tushirildi. Shuning bilan birga, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (O`zenergoinspeksiya) va Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O`zneftgazinspeksiya) tomonidan qonunbuzilishlarni aniqlash yuzasidan tegishli ishlar olib borilyapti.

Jumladan, 2019 yil 1 avgust holatiga ko`ra, dastlabki hisob-kitoblar bo`yicha 1,9 mlrd zarar etkazilganlik holati bo`yicha energetika tizimidagi quyi tashkilotlar ishchilariga nisbatan prokuratura tomonidan 25 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Jinoyat ishlari O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «talon-taroj qilish», «firibgarlik», «elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish»,«mansab vakolatini suiiste`mol qilish», «soxtalashtirish» va boshqa moddalari bo`yicha qo`zg`atilgan.

Energetika tizimidagi quyi tashkilotlarning aybdor shaxslariga nisbatan ozodlikdan mahrum etish (3 kishi), axloq tuzatish ishlari (2 kishi), jarima (1 kishi) va boshqa jazo choralari tayinlandi.

Hozirgi vaqtda etkazilgan zarardan 116,3 mln so`mi energetika tizimidagi quyi tashkilotlarning hisob-raqamlariga qaytarilgan.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, 21,1 mln so`m miqdorida zarar etkazganlik holati bo`yicha Zirabuloq magistral gaz tarmog`i boshqarmasining 2 nafar xodimiga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1