1

Test natijalarini norozimisiz? 21-avgustdan 30-avgustgacha apellyasiya shikoyati bering!

Jamiyat 22.08.2019, 09:18
Test natijalarini norozimisiz? 21-avgustdan 30-avgustgacha apellyasiya shikoyati bering!

Davlat test markazi qonunchilikka ko`ra, test sinovlari natijasidan norozi bo`lgan abiturientlarga 21-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bo`lgan muddatda apellyasiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyasiya shikoyatini berish huquqi borligini eslatib o`tdi.

Apellyasiya shikoyatini bergan abiturient xabarnomada belgilangan kunda o`zining pasporti va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Apellyasiya shikoyati ko`rilayotgan abiturientga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto`g`ri bajarilgan javoblar ro`yxati hamda test sinovlarida abiturientga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abiturient o`zining har bir noto`g`ri deb hisoblangan test topshirig`iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyasiya komissiyasiga taqdim etadi.

Apellyasiya shikoyati apellyasiya komissiyasi tomonidan faqat abiturient ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko`rib chiqiladi.

Abiturientning yozma javoblari o`z tasdig`ini topmagan bo`lsa, apellyasiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o`zgarishsiz qoldirish va apellyasiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to`g`risida qaror qabul qiladi.

Abiturient murojaat qilganda unga apellyasiya shikoyati bo`yicha qabul qilingan qarordan ko`chirma beriladi.

Abiturientning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda etkazilmagan, yirtilgan bo`lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o`zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abiturientning apellyasiya shikoyati ko`rib chiqilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1