Qoraqalpog`istonni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari belgilandi

Siyosat 21.08.2019, 15:42
Qoraqalpog`istonni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari belgilandi

Nukus shahrida bo`lib o`tgan yig`ilishda Qoraqalpog`istonni yanada taraqqiy ettirish bo`yicha beshta ustuvor yo`nalish belgilab berildi.

Birinchisi sanoatni rivojlantirish, barcha tarmoqlarda yirik va kichik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishdan iborat.

Ikkinchi ustuvor yo`nalish tadbirkorlik gullab yashnashi uchun keng yo`l ochib berish va uni har taraflama qo`llab-quvvatlashdir.

Qishloq xo`jaligida ilg`or texnologiyalarni keng joriy qilgan holda, ishlab chiqarish hajmi, hosildorlik va mahsulot turlarini keskin oshirish uchinchi ustuvor yo`nalish etib belgilandi.

To`rtinchisi – ishlab chiqarish va odamlar uchun qulay bo`lgan zamonaviy infratuzilmani yaratish.

Orolbo`yi aholisining yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash yuzasidan keng qamrovli ishlarni amalga oshirish esa beshinchi ustuvor yo`nalish sifatida e`lon qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoev har bir yo`nalishda nazarda tutilgan masalalarga alohida to`xtalib, ular bo`yicha faol ishlash zarurligini ta`kidladi.

Shuningdek, har bir tuman va shaharning o`ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni turli sohalarga ixtisoslashtirish bo`yicha tavsiyalar berildi.

Jumladan, Qorao`zak tumani qurilish materiallari, Beruniy, Xo`jayli, Nukus tumanlari meva-sabzavotchilik, Taxtako`pir chorvachilik, Shumanay parrandachilik, Ellikqal`a uzumchilik va turizm, Mo`ynoq baliqchilik va chorvachilik, Kegayli chorvachilik, qizilmiyani qayta ishlash va qog`oz sanoati, Qanliko`l dukkakli ekinlar va sholi etishtirishga ixtisoslashtirilishi qayd etildi.

Qo`ng`irotni neft-kimyo sanoati va chorvachilikka, Chimboyni qizilmiya etishtirish va qayta ishlashga, To`rtko`lni shisha, oyna va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, Amudaryoni bog`dorchilik, to`qimachilik va pillachilikka, Nukus shahrini esa farmasevtika va elektrotexnikaga ixtisoslashtirib, Taxiatosh tumanini sanoat ishlab chiqarish hududiga aylantirish maqsadga muvofiqligi ta`kidlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1