Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo`lida

Jamiyat 21.08.2019, 10:09
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo`lida

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyatining Qozog`iston Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Narimon Qurbanov bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv davomida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Qozog`istondagi turdosh ta`lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Malaka oshirish instituti boshlig`i, yuridik fanlar doktori, professor N.Normatov mamlakatimizda ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Institut faoliyati hamda o`quv jarayoni haqida so`zlab berdi.

Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Institut professor-o`qituvchilari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi ta`kidlandi.

Qozog`iston Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi N.Qurbanov samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, qo`shni davlat Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma`lumot berdi va bugungi kunda O`zbekistonda ushbu tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni munosib baholadi.

Do`stona va samimiy ruhda o`tgan muloqot so`ngida tomonlar kelgusida qo`shni davlatdagi turdosh ta`lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1