1

Tadbirkorning nayrangi uzoqqa bormadi

Jinoyat 21.08.2019, 10:03
Tadbirkorning nayrangi uzoqqa bormadi

Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni qo`llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda, ayrim tadbirkorlar o`z manafaatlari yo`lida davlatga zarar etsa etsin, o`zim foyda ko`rsam bo`ldi naqlida ish tutishmoqda.

Lekin,Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tezkor sho``basi xodimlari tomonidan muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tarmoqlarga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish holatlarini bartaraf etish va oldini olish borasida kunlik nazorat tadbirlari o`tkazib kelayotganligi natijasida bunday tadbirkorlarning noqonuniy ishlari uzoqqa cho`zilmayapti.

Joriy yilning 27 iyul kuni o`tkazilgan tezkor tadbirlar tavomida Andijon tumanidagioxak maxsulotlari faoliyat turi bilan shug`ullanib kelayotgan MChJO`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga zid ravishda tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib olib, foydalanganligi oqibatida davlatga 20 mln. 109 ming so`m zarar etkazilganligi aniqlandi.

Xuddi shuningdek,shu kuni Andijon shahar xududdidagiumumiy ovqatlanish oshxonasi tabbiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib olib, bamaylixotir foydalanganligi oqibatida 47mln.174ming so`m davlatga zarar etkazganligi aniqlandi.

Byuro xodimlari tomonidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi, hozirda ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan Byuroning Andijon shahar va Andijon tuman bo`limlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1