1

Ta`minotchi korxonaning nayranglari fosh bo`ldi

Jinoyat 21.08.2019, 10:01
Ta`minotchi korxonaning nayranglari fosh bo`ldi

Norin tumani Sho`ro mahallasida yashovchi fuqaro B.Mamasolievning 2018 yilning oktyabr oyida elektr tarmog`iga qayta ulanish uchun to`lov qiladi. Biroq, Norin tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan fuqaroning mablag`i boshqa abonentga o`tkazib yuborilgani ma`lum bo`ladi. Ushbu holatdan norozi bo`lib fuqaro Byuroning Norin tuman bo`limiga murojaat etadi.

Mazkur ariza bo`yicha o`tkazilgan o`rganish davomida ta`minotchi korxonaning yana ko`plab nayranglari ayon bo`ldi. Ya`ni, korxona katta hisobchisi U.A. va muqaddam ishlagan A.U.lar tomonidan iste`molchilarning mablag`larini asossiz ravishda boshqa abonent raqamlariga o`tkazib yuborish holatlari aniqlandi.

Olib borilgan surishtiruvlarda jami 88 nafar fuqaroning 61.373.880 so`m miqdoridagi elektr energiyasi uchun to`lagan mablag`larini boshqa abonent raqamlariga o`tkazib yuborilganligi ma`lum bo`ldi. O`z o`rnida to`lovlari o`tkazilgan iste`molchilarning to`lagan pullarini o`zlarining shaxsiy manfaatlari yo`lida sarflab yuborishadi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1