1

O`zbekiston Qurolli Kuchlari “Markaz-2019” strategik qo`mondonlik-shtab o`quvlarida ishtirok etadi

Jamiyat 21.08.2019, 09:59
O`zbekiston Qurolli Kuchlari “Markaz-2019” strategik qo`mondonlik-shtab o`quvlarida ishtirok etadi

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 16-21 sentyabr kunlari “Markaz-2019” yirik masshtabdagi strategik qo`mondonlik-shtab o`quvlarida ishtirok etadi.

Mazkur o`quvlar davomida Markaziy Osiyo hududida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish kabi topshiriqlarni hamkorlikda bajarishda mamlakatlar qo`shinlarining guruh (kuchl)larini samarali qo`llash kabi vazifalar ishlab chiqiladi hamda Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari qurolli kuchlarining milliy manfaatlarini himoya qilishga bo`lgan shayligi namoyish etiladi.

Strategik qo`mondonlik-shtab o`quvlarida etti mamlakat – Rossiya, Qozog`iston, Hitoy, Pokiston, Tojikiston, Qirg`iziston va O`zbekistonningharbiy kontingenti qantnashadi.

O`quvlarning birinchi bosqichida O`zbekiston va Tojikiston qurolli kuchlarining shtab ofiserlari hamkorlikda o`z davlat chegaralarining janubiy sarhadlarida uyushtirilgan shartli harbiy-siyosiy vaziyatda tuzilgan qo`shin guruhlarining kelishilgan harakatlarini rejalashtirish va tashkil etish kabi vazifalarni bajarishadi.

“Markaz-2019” qo`mondonlik-shtab o`quvlarining ikkinchi bosqichida esa O`zbekiston va Tojikiston qurolli kuchlari harbiy kontingentining hamkorlikdagi harakatlarini Rossiya Federasiyasining Orenburg viloyatida joylashgan “Donguz” poligonida amalda qo`llash rejalashtirilmoqda. O`zbekiston va Tojikiston qo`shinlari “Donguz” poligonidamazkur o`quvlarning turli taktik harakatlarini hamkorlikda bajarish davomida shartli ravishda ularni o`z milliy hududlarida ham amalga oshiradi.

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston harbiy xizmatchilarining ushbu yirik masshtabdagi o`quvlarda ishtiroki xalqaro harbiy hamkorlikni kelgusida rivojlantirish hamda qo`shni mamlakatlar bilan jangovar hamdo`stlikni mustahkamlash, jangovar tayyorgarlik masalalarida tajriba almashish, Markaziy Osiyo hududida vaziyatning keskinlashishining oldini olish borasida boshqaruv organlari ish mexanizmining yagona algoritmini ishlab chiqish va hamkorlikda operasiyalarni bajarishda bo`linmalarning harakatlanish tartibini puxta rejalashtirishga xizmat qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1