1

Hujjatlarda ko`rsatilmagan 1 milliard so`mlik tovarlarni yashirincha olib olib o`tish rejasi amalga oshmadi

Jinoyat 21.08.2019, 09:56
Hujjatlarda ko`rsatilmagan 1 milliard so`mlik tovarlarni  yashirincha olib olib o`tish rejasi amalga oshmadi

Bojxona xodimlari yurtimizga tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirishga urinish holatlariga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti xodimlari qo`shni davlatdan yurtimizga kirib kelgan yuk avtomashinasini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, yuk avtomashinasidagi yuklar va hujjatlarda ko`rsatilgan tovarlarning o`zaro nomutanosibligi aniqlandi.

Shundan so`ng, mazkur yuk avtomashinasidagi tovarlar xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazilganda hujjatlarda ko`rsatilgandan ortiqcha qariyb 25 ming dona velosiped ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Umumiy qiymati1 milliard so`mdan ortiqni tashkil etuvchimazkur noqonuniy tovarlar ayni damda vaqtincha saqlovga olindi.

Ta`kidlash joizki bugungi kunda o`z faoliyatini qonuniy yo`lga qo`ygan tadbirkorlarga davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. Ammo, faqatgina o`z manfaatini o`ylab, vatan va xalq manfaatlarini unutib qo`yib, mamlakatimizga olibkelayotgan tovar-moddiy boyliklari uchun davlat byudjetiga undiriladigan bojxona to`lovlarini to`lashdan qochishga urinayotgan qonunbuzarlar ham uchrab turibdi.

Raqamlarga e`tibor qaratadigan bo`lsak, joriy yilning o`tgan 7 oyi davomida bojxona organlari tomonidan davlat byudjetiga 8,4 trln.dan ortiq bojxona to`lovlari undirilgan. Yurtimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish maqsadida esa tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga 33,2 trln. so`mdan ortiq imtiyozlar qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1