1

Tebinbuloq negizida mamlakatimiz sanoatida ulkan loyiha amalga oshiriladi

Siyosat 21.08.2019, 09:54
Tebinbuloq negizida mamlakatimiz sanoatida ulkan loyiha amalga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoev Qorao`zak tumanidagi Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksini qurish loyihasi bilan tanishdi.

Bu konda 1,1 milliard tonna xomashyo rezervi aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, yiliga 33 million tonna ruda qazilib, undan 1,5 million tonna temir olinishi mo`ljallangan.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 12 yanvardagi qarorida ushbu investisiya loyihasini amalga oshirish choralari belgilangan.

Kon-metallurgiya kompleksi yiliga 900 ming tonna armatura, 225 ming tonna sim, 375 ming tonna ugolok, shveller va boshqa materiallar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`ladi. Bu katta miqdordagi import o`rnini to`ldirib, sanoatni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu erda 2 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Mahsulotlarning 35 foizini eksport qilish ham rejalashtirilgan.

Loyihani tayyorlash va amalga oshirishga Germaniyaning "DMT-Group Consulting" va Avstriyaning "Horst Wiesinger Consulting" korxonalari jalb etilgan.

Prezidentimiz ushbu kompaniyalar mutaxassislari bilan suhbatlashdi. Majmua qurilishiga ilmiy jihatdan puxta yondashish, temirdan mahsulot ishlab chiqarish sohasida ham o`ziga xos maktab yaratish kerakligini ta`kidladi.

Davlatimiz rahbari loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini mukammal ishlab chiqish, uni amalga oshirishga ko`proq yoshlarni jalb etish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1