1

Qoraqalpog`iston faollari bilan samimiy muloqot

Siyosat 21.08.2019, 09:52
Qoraqalpog`iston faollari bilan samimiy muloqot

Prezident Shavkat Mirziyoev Mo`ynoq tumanidagi madaniyat markazida qoraqalpog`istonlik faollar bilan muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari yig`ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, qoraqalpoq eliga samimiy hurmat-ehtiromini bildirdi.

- Sizlar bilan birgalikda katta harakat boshladik. Har bir hududning dardini bilaylik, har bir insonning ichiga kiraylik, ertangi kunga ishonchini uyg`otaylik deb chuqur islohotlarni amalga oshiryapmiz. Odamlar ertaga emas, olis kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi kerak, - dedi Prezident.

Bu siyosat natijasi Qoraqalpog`istonda ham yaqqol namoyon.

Orolbo`yi aholisi hayotini yaxshilash haqidagi gap-so`zlar 50 yillardan beri bor. Lekin keyingi ikki yilda qilingan ishlar bir taraf.

Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan BMT shafeligida Orolbo`yi mintaqasi uchun ko`p sheriklik asosidagi Trast fondi tuzildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Orolbo`yi xalqaro innovasiya markazi, Orolbo`yida innovasiyalarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil etildi. Dengizning qurigan tubida himoya o`rmonzorlari, Amudaryo deltasida kichik suv havzalari barpo etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 28 fevraldagi qaroriga muvofiq Mo`ynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta`minlash bo`yicha ham qator ishlar amalga oshirildi.

Prezidentimizning o`tgan yili 15 noyabrdagi tashrifi chog`ida belgilangan vazifalar asosida hukumat dasturi qabul qilindi. Tuman markazida davlat xizmatlari markazi, amfiteatr, basseyn, sport zali, musiqa va san`at maktabi, tibbiyot maskani va boshqa ob`ektlar bunyod etildi. 20 ta ko`p qavatli uy-joy qurilmoqda.

Samimiy kechgan uchrashuvda Nukus shahri va barcha tumanlardan kelgan vakillar Mo`ynoqdagi o`zgarishlarga havas qilganini ta`kidlab, o`z joylaridagi kamchilik va muhim masalalarni aytdi. Ularni hal etish bo`yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

- Katta imoratlar, zamonaviy texnikalar bilan maqtanish kerak emas. Aqlli, bilimli, fidoyi farzandlarni tarbiyalasak va ular Vatanga xizmat qilsa, eng katta boylik, baxt mana shu, - dedi davlat rahbari.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1