1

Prezident «Mo`ynoq akva sanoat» davlat unitar korxonasini borib ko`rdi

Siyosat 21.08.2019, 09:48
Prezident «Mo`ynoq akva sanoat» davlat unitar korxonasini borib ko`rdi

Bir paytlar Mo`ynoq baliqchilik sanoati bilan mashhur bo`lgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o`tgan yili bu erga kelib, mavjud suv havzalarida baliqchilikni qayta tiklash va rivojlantirish bo`yicha tavsiyalar bergan edi.

«Mo`ynoq akva sanoat» korxonasi – ana shu tashabbus natijasi. Loyiha qiymati 20 milliard so`mlik mazkur korxona yiliga 4 ming tonna baliqni qayta ishlash quvvatiga ega bo`ladi. 200 tonna dudlangan baliq, 780 tonna farsh, 400 tonna file, 9 million dona konserva ishlab chiqariladi. Qariyb 60 ish o`rni yaratiladi.

Bugungi kunda korxona binosi qurilishi yakunlanib, texnologik uskunalar o`rnatilmoqda. Uni shu yil sentyabrda ishga tushirish mo`ljallangan.

Shu erda Qoraqalpog`istonda baliqchilikni rivojlantirish bo`yicha qilinayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi. Bu tarmoqda qo`shimcha 17 loyiha ishlab chiqilgan. Ular natijasida baliq etishtirish hajmini 15 ming tonnaga, qayta ishlash darajasini 36 foizga etkazish rejalashtirilgan.

Orolning qurigan tubiga butalar ekish masalasiga ham e`tibor qaratildi. Mutaxassislar ta`kidlashicha, 42 yilda 400 ming gektar maydonda saksovullar ekilgan bo`lsa, 2018-2019 yilda qariyb 500 ming gektarda himoya o`rmonzorlari barpo etilgan. To`plangan tajribadan kelib chiqib, yana ikki yilda 700 ming gektar erni yashil hududga aylantirish mumkinligi ta`kidlandi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1