1

Cobalt’lar nosoz ishlab chiqarilayotgani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 21.08.2019, 00:07
Cobalt’lar nosoz ishlab chiqarilayotgani ma`lum bo`ldi

O`zA O`zbekistonda Cobalt mashinalari nosoz ishlab chiqarilayotgani to`g`risida «Cobaltlar nega nosoz ishlab chiqarilmoqda?» nomli maqola chop etdi. Unda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi etakchi mutaxassisi Gulnoza Sharafova bunga munosabat bildirgan.

Dolzarb bir muammoni yoritishdan avval internet saytlarida tarqalgan mutaxassislar tomonidan o`zbek avtomobil sanoatidagi nozik jihatlardan biriga qaratilgan fikrlarni keltirib o`tsam...

«Bugun ko`chalarimizni to`ldirib yurgan o`zimizning avtoulovlarni ko`rib, dilimiz yayraydi. Faxr bilan aytamiz: o`zimizniki! Ammo tanganing ikkinchi tomonida dilga g`ashlik soladigan bir jihat bor «o`zimizniki» o`zimizga qimmatga tushmayaptimi? Keling, shu haqda fikrlashamiz. Gapni tarixdan boshlasak. 1996 yil Asakada Uz Daewoo zavodi ishga tushganida barchamiz «Endi xorijdan tuya bahosida ot olib kelmaymiz, o`zimizning mashinalarimizni minamiz», deya xursand bo`lganimiz bor gap. O`shanda zavod ishlab chiqargan Nexia’ning narxi 7 ming dollar atrofida edi. Keyinchalik xorijda ishlab chiqariladigan avtomashinalarga to`lanadigan import bojxona to`lovlarini keskin ko`tarilishi natijasida faqat «o`zimizniki» ni xarid qiladigan bo`ldik»...

Yuqorida keltirilgan fikrlarni o`qir ekanmiz bu — bugun ko`plab yurtdoshlarimizni ich-ichidagi og`riqlari ekaniga amin bo`lamiz. Avtomashinalarning narx-navosi o`z yo`liga-yu, shuncha pulga sotib olinayotgan ulovning sifatiga kim kafolat beradi?

Bugun Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasiga kelib tushayotgan murojaatlar orasida milliy avtomashinalarimiz yuzasidan ham noroziliklar uchrab turibdi. O`zingiz o`ylab ko`ring, yillar davomida zarur ehtiyojlardan pul orttirib, yig`ib yangi avtomashina xarid qilsangiz-da, bir-ikki kunda uning nuqsonlari ko`zga tashlansa, bunday hol hammaning dilini xufton qilishi tayin. Dili xuftonlarni esa etarlicha topish mumkin.

Federasiyasining Andijon shahar mutasaddilari fuqaro A.Xaydarov jamiyatga bergan yozma arizasini o`rganib chiqdi. Ushbu murojaatda Andijon shahar «Andijon Avtotexxizmat» MChJ diler markazi tomonidan 2018 yilning 19 oktyabr kuni Cobalt (GS/16MTV) rusumli avtomobilini sotib olgani, lekin ma`lum bir muddatdan so`ng, fuqaro avtomashinada yashirin defekt borligini sezib qolib, uning yaroqlilik muddati tugamasdan turib dilerlik markaziga ma`lum qiladi. Ammo ushbu dilerlik markazi etkazilgan ziyonni qoplashdan bosh tortayotganidan noroziligini bildiradi.

Federasiya mutaxassislarining o`rganish ishlari natijasida murojaatchi haqligi aniqlanib, fuqaroga «Andijon Avtotexxizmat» MChJ tomonidan Cobalt (GS/16MTV) mashinasidagi barcha nuqsonlar va muammolar bartaraf etib, iste`molchiga amaliy yordam ko`rsatildi.

Avvalroq, Buxoro shahri Mohi Xosa ko`chasida «Sitora avto savdo» MChJ avtosalonidan sotib olingan Cobalt avtomobilida ham nuqsonlar borligi aniqlangan va Federasiya aralashuvidan so`ng iste`molchiga nuqsonli avtomashina yangisiga almashtirib berilgandi.

Xuddi shunday yangi avtoulovdagi nuqson sabab murojaat qilgan fuqarolardan yana biri Navoiy viloyati Zarafshon shahri 12-kichik tumanda yashovchi Asror Sadirovdir. U o`z arizasida ma`lum qilishicha, fuqaro 2019 yil aprel oyida «Navoiy-avtosavdo» avtosalonidan 84 164 910 so`mga Cobalt avtomobilini sotib olgan. Oradan bir oylar o`tib, avtomashinaning nuqsonlari paydo bo`la boshlagan. Ya`ni avtomobilning isitish moslamasi talab darajasida ishlamagan, old qismi oynasida esa nuqson borligini bilib, bu haqda avtosalon mutaxassislariga xabar qilganligini ma`lum qildi. Ammo hech qanday natija bo`lmaganligi oradan vaqt o`tib ketayotganligi va yuqoridagi arizasi yuzasidan amaliy yordam berishni so`rab murojaat qilgan.

Ariza qonuniy tartibda qabul qilinib, kuzatuv-o`rganishlar olib borildi. Federasiya tomonidan «Navoiy-avtosavdo» markaziga yozma murojaat xati yuborildi. Shundan so`ng salon rahbariyati avtomashinaning nosoz joylarini tuzatib, old oyna qismini almashtirib berishini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1