1

Novosibirskda YTH. 7 nafar hamyurtimiz jarohat oldi

Jamiyat 20.08.2019, 23:58
Novosibirskda YTH. 7 nafar hamyurtimiz jarohat oldi

18 avgust kuni Novosibirsk viloyatida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida bir kishi vafot etdi, haydovchi va mikroavtobusning 8 ta yo`lovchisi, jumladan 7 nafar O`zbekiston fuqarosi jarohat oldi. Barcha jarohatlanganlar Novosibirsk viloyati Karasuk shahar markaziy tuman kasalxonasiga joylashtirildi. Hozirda tergovgacha bo`lgan tadbirlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni o`z nazoratiga oldi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o`rnatdi.

«Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o`tadiki, Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Oltoy o`lkasi, Buryatiya Respublikasi, Irkusk viloyati, Baykal orti o`lkasi, Kemerovo viloyati, Krasnoyarsk o`lkasi, Novosibirsk viloyati, Novosibirsk shahri, Omsk viloyati, Tomsk viloyati, Tuva Respublikasi, Hakasiya Respublikasi) hududida fuqarolarimiz zarur holatlarda O`zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-383-246-04-85, +7-383-246-04-84, +7-383-246-04-63, +7-383-246-04-64», — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1