1

Shavkat Mirziyoev: Kimdir bizning islohotlarimizga shubha qilsa, Mo`ynoqqa kelib ko`rsin

Siyosat 20.08.2019, 16:44
Shavkat Mirziyoev: Kimdir bizning islohotlarimizga shubha qilsa, Mo`ynoqqa kelib ko`rsin

Prezidentning o`tgan yilgi tashrifi davomida berilgan ko`rsatmalar asosida hukumatning Mo`ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilingan. Unda 2019-2021 yillarda jami 1 trillion 485 milliard so`mlik qurilish-ta`mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Qisqa vaqt ichida qator ob`ektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, 800 o`rinli amfiteatr va davlat xizmatlari markazi qurildi, madaniyat markazi va stadion, «Bozatau» ovul fuqarolar yig`inidagi oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi.

Iyul oyida «Mo`ynoq porloq teks» mas`uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi. 350 ta ish o`rni yaratildi.

Zamonaviy mashinalar o`rnatilgan mazkur korxona yiliga 1 million dona tayyor tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda choyshab va ko`rpajildlar, maxsus ish formalari tikilmoqda. Shu erda savdo do`koni tashkil etilgan. Yangi qurilayotgan uylardan korxona ishchilari uchun xonadonlar ajratilgan.



Shavkat Mirziyoev korxona faoliyati bilan tanishdi, ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

- Mo`ynoqdagi o`zgarishlarni, sizlarning ko`zlaringizdagi rozilikni ko`rib juda xursandman. Bu – uzoq-uzoq hududlarga borib qilayotgan ishlarimiz natijasi. Agar kimdir bizning islohotlarimizga shubha qiladigan bo`lsa, Mo`ynoqqa kelib ko`rsin, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga korxonani barqaror ishlatish, mahsulot turlarini ko`paytirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1