Matbuot xizmati rahbariga avtomobil va 100 mln so`m berildi

Jamiyat 19.08.2019, 20:51
Matbuot xizmati rahbariga avtomobil va 100 mln so`m berildi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov tuman hokimligining matbuot xizmati rahbari uchun “Ravon” xizmat avtomobilini ajratdi, deb yozadi “Qashqadaryo ziyokori”.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Fayzulla Eshqulovning aytishicha, matbuot xizmati uchun xizmat avtomobilidan tashqari mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan 100 million so`m mablag` ajratilib, tuman matbuot xizmatining moddiy texnik bazasini rivojlantirish ko`zda tutilgan.

Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning ma`lumot berishicha, ayni kunga qadar viloyatdagi 15 ta tuman va shahar hokimliklarining barchasida matbuot xizmati rahbarlari tayinlangan va xizmat faoliyati boshlab yuborilgan.

Koson tumani hokimligi ham matbuot xizmati faoliyatini rivojlantirish uchun 75 million so`mlik kompyuter, fotoapparat va kerakli apparaturalar xarid qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1