1

Qozog`istonda kuydirgi kasalligi holati aniqlandi

Dunyo 19.08.2019, 19:05
Qozog`istonda kuydirgi kasalligi  holati aniqlandi

Qozog`iston poytaxti yaqinidagi Olginka qishlog`ida odamlarda kuydirgi kasalligining to`rtta holati laboratoriya tomonidan tasdiqlandi. Bu haqida EurAsiaDaily xabar bermoqda.

Infeksion kasallik sababi shaxsiy qoramolda veterinar ko`rigisiz mollarni (sigirlarni) majburiy so`yish bo`lgan. Qishloqdagi tibbiyot muassasasi dori-darmonlar bilan to`liq ta`minlangan.

Sog`liqni saqlash vazirligi Tovarlar va xizmatlarning sifati va xavfsizligini nazorat qilish qo`mitasi raisi Lyudmila Byurabekovaning so`zlariga ko`ra, vaziyat qo`mitaning doimiy nazoratida. "Kasallikning kelib chiqishini aniqlash va emlash bo`yicha epidemiya va epidemiyaga qarshi tadbirlar uyushtirildi", dedi Byurabekova 17 avgust kuni Olginkada kuydirgi kasalligiga qarshi karantin e`lon qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1