1

Internetda Prezident yangi samolyotining suratlari paydo bo`ldi

Jamiyat 19.08.2019, 18:38
Internetda Prezident yangi samolyotining suratlari paydo bo`ldi

"Buyuk kelajak" eksperti Rahmat Sobirov o`zining Feysbukdagi sahifasida O`zbekiston Prezidenti uchun maxsus tayyorlangan Boeing 787-800 Dreamliner samolyotining suratlarini e`lon qildi.

"Boeing 787-800 Dreamliner VIP. Uzbek Air Force One. Registration No: UK001. MSN: 64435. Bayrog`imizning ranglari juda yarashibdi! Xalqimizning xizmatini bajarishda Prezidentimizga ko`makdosh bo`lsin bu samolyot! Bu samolyot, Xudo xohlasa, ko`p yillar xizmat qiladi va uzoqni yaqin qiladi. Endi bemalol transatlantik parvozlarni to`xtamasdan amalga oshirsa bo`ladi! Masalan, Torontoga. Bu samolyotning O`zbekiston tomonidan tantanali qabul qilinishini kutib qolamiz", — deb yozadi ekspert.

Ushbu fotoxabar ostiga qoldirilgan izohlardan birida samolyotning tepa qismiga "Uzbekistan" yozuvi endi to`g`ri yozilgani, avval pastki qismida bo`lgani noto`g`ri ekani yozilgan.

Izohlarda samolyotning narxiga ham qiziqqanlar bor. "Narxi qancha?" deya berilgan savolga javoban Rahmat Sobirov: "Narxini taxmin qilish qiyin. Chunki ko`pincha Prezident samolyotlarida oddiy samolyotda bo`lmagan qo`shimcha xususiyatlari bo`ladi. Masalan, samolyotning ichki qismi, dizayni va mebellarigacha juda maxsus va ancha qimmat bo`ladi. Yana ba`zan uzoq masofaga ucha olishi uchun qo`shimcha yoqilg`i baklari qo`yilishi mumkin. Hattoki, ba`zi Prezident samolyotlarida anti-missile sistemasi ham bo`ladi. Qisqasi, “heavy modification” qilinadi", - deya javob bergan.

Ma`lumotga ko`ra, Prezident samolyoti hozirda Gamburgda, uning ichki qismini o`rnatish ishlar davom etyapti.

Foto: Facebook/Rakhmad Sobirov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1