“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalining logotipi yangilandi

Madaniyat 19.08.2019, 16:17
“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalining logotipi yangilandi

26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida o`tkazilishi kutilayotgan “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalining yangi logotipi tasdiqlandi.

Logotip O`zbekiston Badiiy akademiyasi va respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tomonidan yaratilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda Samarqand shahrini festivalning ushbu yangi ramzi bilan bezatish ishlari olib borilmoqda.

Bu yil festivalda dunyoning 78 davlatidan 300 dan ortiq xorijlik mehmonlar qatnashish istagini bildirgan. Ilk mehmonlar – Turkmaniston (“Archabil”) va Tojikiston (“Badakhshan”) musiqiy jamoalari 24 avgust kuni Samarqandga etib keladi.

Festival ishtirokchilarining asosiy katta guruhlari 25-26 avgust kunlari Samarqand temiryo`l vokzalida tantanali kutib olinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1