1

Davolanish bepul bo`lgan kasalliklar ro`yxati e`lon qilindi

Jamiyat 19.08.2019, 15:16
Davolanish bepul bo`lgan kasalliklar ro`yxati e`lon qilindi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi 15 avgust kuni tibbiy yordam davlat byudjeti hisobidan ko`rsatiladigan kasalliklar ro`yxatini tasdiqladi. Buyruq Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olinib, kuchga kirdi.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, ro`yxat 6 toifa va 131 guruhdagi kasalliklardan tarkib topgan:

  • 18 yoshgacha bolalar kasalliklari — mukovissidoz, atopik dermatit, bolalar serebral paralichining turli shakllari;
  • patologiyali xomilador ayollar xastaliklari — homila tushishi, glaukoma, kollagenoz, sil va boshqalar;
  • endokrin tizimi kasalliklari — gipertireoz, homilador ayollarda 1-tur kandli diabet (24 haftagacha) va boshqalar;
  • dermatovenerolok xastaliklari — psoriaz, vitiligo, kriptokokkoz va boshqalar;
  • ftiziatriya va pulmonologiya — kavernali sil, fibroz kavernali sil, bronxoektatik kasallik va boshqalar;
  • saraton kasalliklari — melanoma, periferik nerv xavfli o`smalari va boshqalar.

Bepul tibbiy yordam olish uchun bemorlar tibbiyot muassasasi yo`llanmasini olishlari kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1