Yurtimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi joriy yilda 147 650 tani tashkil etdi, 2018 yilning shu davrida esa 98 700 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston avtomobil ishlab chiqarish hajmini oshirishda davom etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlarida keltirilgan.
Ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 147 650 tani tashkil etdi, 2018 yilning shu davrida esa 98 700 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 2 985 tani tashkil etdi. O`tgan yilning mos davrida esa 1 925 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari, 1 095 ta avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning mos davriga nisbatan 3,6 m. ko`pdir.
Shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida o`tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda avtomobil dvigatellari — 1,6 m., yurguzuvchi g`ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 1,5 m., radiatorlar, shovqin so`ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 1,5 m. ga oshdi.