1

23 avgustda Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi chaqiriladi

Siyosat 19.08.2019, 12:30
23 avgustda Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi chaqiriladi

2019 yil 19 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo`lib o`tdi. Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bordi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, Kengash O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisini joriy yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish to`g`risida qaror qabul qilgan.

Yalpi majlis kun tartibiga O`zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan. Jumladan:

- “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi;

- “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi;

- “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to`g`risida”gi;

- “Ona suti bilan oziqlantirishni qo`llab-quvvatlash hamda go`daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari.

Shuningdek, senatorlar Xalqaro mehnat tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to`g`risidagi 81-sonli, qishloq xo`jaligida mehnat inspeksiyasi to`g`risidagi 129-sonli konvensiyalarini va boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikasiya qilish bilan bog`liq O`zbekiston Respublikasi qonunlarini ham muhokama qiladi.

Hisobot ham eshitiladi...

Yalpi majlisda “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019 yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, ichki ishlar va tashqi ishlar vazirlari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisining axborotlari, shuningdek Xorazm viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitiladi.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1