Besh nafar 17 yoshli o`smirlar beshinchi farzandni dunyoga keltirdi

Dunyo 18.08.2019, 17:16
Besh nafar 17 yoshli o`smirlar beshinchi farzandni dunyoga keltirdi

Rossiyada o`tgan yili besh nafar 17 yoshli qizlar beshinchi farzandni dunyoga keltirganligi haqida statistik ma`lumot e`lon qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Shuningdek, 15 yoshli qizlarda 919 nafar bola tug`ildi. Ulardan 22 tasi ikkinchi marta farzandli bo`ldi. Ta`kidlanishicha, 16 yoshli qizlar 2925 bolani dunyoga keltirdi. Ulardan 165 nafari bola oilada ikkinchi farzand, 9 nafari - uchinchi, yana ikki bola - to`rtinchi farzand bo`ldi.

Bundan tashqari, 14 yoshli onalarda 190 nafar bola, 13 yoshli qizlarda - 34 nafar bola, 12 yoshlilarda - 4 nafar bola dunyoga keldi.

Oliy iqtisodiyot maktabning demografiya instituti direktori Anatoliy Vishnevskiyning so`zlariga ko`ra, Rossiyaning ba`zi hududlarida bunday erta tug`ish holatlari normal holat hisoblanadi. Reproduktiv yosh ayollarda 15 yoshda boshlanadi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1