MIB elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlarni aniqladi

Jinoyat 17.08.2019, 21:15
MIB elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlarni aniqladi

Majburiy ijro byurosi Qo`shrabot tuman bo`limi tomonidan elektr energiyasi uchun to`lovlarni o`z vaqtida to`liq undirilishi, iste`molchilar qarzdorligi kamaytirilishiga erishish maqsadida keng ko`lamli targ`ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.

Biroq, shunga qaramasdan, bu borada qator huquqbuzarliklar kuzatilmoqda. Ayrim “uddaburon” iste`molchilarimiz belgilangan talablarni chetlab o`tishga harakat qilishmoqda. Jumladan, “Urganji” mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Sh. yashash xonadonida bir dona qo`lbola elektr plita, bir dona kir yuvish mashinasi, besh dona lampochka hamda bir dona televizorni elektr hisoblagichdan tashqari ulab, elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanib kelganligi aniqlandi. Buning oqibatida esa tuman elektr ta`minoti korxonasiga 962 ming so`mlik zarar etkazilgan.

Shuningdek, “Toz” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro Sh.K. elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga zid holda o`zining yashash xonadonini elektr hisoblagichdan tashqari umumiy foydalanishdagi elektr energiyasi tarmog`iga ulab olib, ikki dona 2 kVt.li va 0,75 kVt.li suv nasosi hamda bir dona elektr plitadan foydalanib kelganligi oqibatida tuman elektr ta`minoti korxonasiga 1 mln. 960 ming so`mlik zarar etkazgan.

Bu fuqarolarga nisbatan Majburiy ijro byurosi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 101-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanib, etkazilgan zararlar to`liq undirildi.

Zarar hech kimga yoqmaydi. Qolaversa, qonun hammaga barobar, ularga amal qilgan inson esa doimo xotirjam yashaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1