Bojxonachilar 1 dona ov quroli va 2 kilogrammdan ortiq ko`knori yashirilgan xonadonni aniqlashdi

Jinoyat 16.08.2019, 15:58
Bojxonachilar 1 dona ov quroli va 2 kilogrammdan ortiq ko`knori yashirilgan xonadonni aniqlashdi

Davlat bojxona qo`mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan qurol-yarog` va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi qonunbuzarlikholatini fosh etishdi.

Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida tezkor kuzatuvga olingan fuqaro M.G`.ning yashash xonadoni va yordamchi xo`jaliklari amaldagi tartiblarga asosan va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, xonadonning eski oshxonasida hech qanday hujjatlari bo`lmagan 1 stvolli, 12 kalibrli 1 dona ov quroli yashirilgani aniqlandi.

Shuningdek, ko`zdan kechirish davomida hovlidagi daraxtlarga quritish maqsadida ilib qo`yilgan hamda traktor g`ildiraklari orasiga yashirib qo`yilgan ko`knori xashaklari va boshoqlari ham ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Ularning umumiy og`irligi esa 2 kg. 200 gr.ni tashkil qildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1