Sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklari aniqlandi

Jinoyat 16.08.2019, 12:13
Sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklari aniqlandi

Qoraqalpog`istonda 12.8 mln. so`mlik, Toshkentda 15.1 mln so`mlik tovar-moddiy boyliklarning bojxona nazoratidan yashirilgani fosh qilindi. Andijonda esa...

Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan tovar moddiy boyliklarini yashirin yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tizimli ravishda kurash olib bormoqda.

Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi Telegramdagi rasmiy axborot kanali orqali xabar berdi. xabar berdi.

Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dout ota” chegara bojxona posti xodimlari qo`shni mamlakatdan kirib kelgan xorijiy davlat fuqarosi B.X. boshqaruvidagi “KIA Sportage”avtoulovini belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o`tazishdi.

Natijada, avtomashina yukxonasida deklarasiyada ko`rsatilmagan va bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan 12,8 million so`mlik 32 quti biofaol qo`shimchalar borligi aniqlandi.

Shuningdek, yana bir holatda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti xodimlari fuqaro I.N.ning bojxona qoidabuzarligini o`z vaqtida fosh etishdi.

Qo`shni mamlakatdan kirib kelar ekan,ushbu shaxsning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va u belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan umumiy qiymati 37,8 million so`mlik
kiyim-kechaklar borligi aniqlandi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida ham yana bir qonunbuzarning qilmishiga o`z vaqtida nuqta qo`yildi.

Ya`ni, xorijiy mamlakatdan poytaxtimizdagi mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan umumiy qiymati 20 500 AQSh dollariga teng bo`lgan karniz va pardalarning konteynerlardagi miqdori bilan hujjatlardagi mutanosibligi tekshirildi.

Tekshiruv jarayonida, konteynerlarda hujjatlarda ko`rsatilganidan ortiqcha bo`lgan 15,1 million so`mlik jalyuzi va pardalar uchun mo`ljallangan matolar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1