Kumush taqinchoqlarning noqonuniy olib kirilishi fosh etildi

Jinoyat 16.08.2019, 12:09
Kumush taqinchoqlarning noqonuniy olib kirilishi fosh etildi

Bojxonachilar «yashil» yo`lak orqali 12 million so`mlik kumush taqinchoqlarning noqonuniy olib kirilishini fosh qilishdi.

Zargarlik buyumlarining bojxona chegaralaridan noqonuniy tarzda olib o`tilishiga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga «Bodrum-Toshkent» yo`nalishi bo`ylab xorijdan uchib kelgan va bojxonadan “yashil” yo`lak orqali o`tayotgan fuqaro F.G.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi.

Shundan so`ng, va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Tekshiruv natijasida, ushbu shaxsning yonidan yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan umumiy qiymati 12 million so`mlik 668 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1