1

Shakar narxi qaerda qancha?

Iqtisodiyot 15.08.2019, 16:38
Shakar narxi qaerda qancha?

O`zbekiston Respublikasi davlat statistika qo`mitasi ma`lum qilishicha, hududlarda shakar mahsulotining sotilish narxlari kuzatilmoqda. Ularning natijasiga ko`ra, minimal narx Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” hamda Farg`ona shahrining “Farg`ona shahar markaziy dehqon bozori”da (4 800 so`m) ekanligi aniqlandi.

Shakarning maksimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, “Eski shahar dehqon bozori”, Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryo`l dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Yangiyo`l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo`l shahar dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Qo`yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da aniqlandi. Mazkur bozorlarda shakar 5 500 so`mdan sotilayotgani ma`lum bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1