1

Bir qarashda avtomashina yukxonasi bo`sh, ammo...

Jinoyat 15.08.2019, 16:09
Bir qarashda avtomashina yukxonasi bo`sh, ammo...

Qashqadaryo viloyatida rangli metall parchalarini mamalakatimiz hududidan noqonuniy olib chiqib ketish holatlarining oldini olish bo`yicha bojxonachilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikdagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamda ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.B. boshqaruvidagi Kamaz rusumli yuk avtomashinasi shubha ostiga olinib, to`xtatildi va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Bir qarashda avtomashina yukxonasi bo`shdek tuyulsa-da, ammo yukxonada taxtadan yashirin bo`lma hosil qilingani aniqlandi. Ushbu hufyona joyga esa hech qanday tegishli hujjatlarga ega bo`lmagan 1 tonna 244 kilogramm rangli metall parchalari yashirilgan ekan.

Ashyoviy dalil sifatida olingan, qiymati esa 16 mln. so`mlik rangli metall parchalari “O`zikkilamchirangmetzavod” AJning viloyatdagi filialiga vaqtincha saqlovga topshirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1