Ozodbek Nazarbekov: «Konsertni to`xtatishimga Yulduz Usmonovaning aloqasi yo`q»

Shou-biznes 15.08.2019, 15:50
Teglar: Foto, ​Ozoda Nursaidova
Ozodbek Nazarbekov: «Konsertni to`xtatishimga Yulduz Usmonovaning aloqasi yo`q»

O`zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov "Daryo" nashriga intervyu berdi.

Ozodbek Nazarbekov 2017 yilda konsert bermasligini e`lon qilganida, muxlislar orasida «Ozodbek Nazarbekov konsert faoliyatini yakunlashiga Yulduz Usmonovaning sahnaga qaytishi sabab bo`ldi», mazmunidagi gap-so`zlar tarqalgan edi. Jurnalist Feruz Muhammad bilan suhbatda san`atkor ushbu savolga batafsil javob bergan.

— San`atsevar xalqimiz uchun Yulduz Usmonovaning sahnaga qaytishi juda katta bo`shliqni to`ldirganini e`tirof etishim mumkin. Lekin konsertni to`xtatishimga Yulduz Usmonovaning aloqasi yo`q. O`zi umuman bu hodisani Yulduz Usmonovaning sahnaga qaytishi bilan bog`lash juda ham noo`rin bo`lsa kerak. 2017 yilda Xalqlar do`stligi san`at saroyida bo`lib o`tishi kerak bo`lgan konsert kunlarimni o`z ixtiyorim bilan Yulduz Usmonovaga taqdim etganman, - deydi Ozodbek Nazarbekov. — Ushbu yil hali Madaniyat vazirligida lavozimga tayinlanishim yoki "Yoshlar" teleradiokanaliga direktor bo`lishim haqida ham gap-so`z yo`q edi. Asosan bahor oyida konsert kunlarini band qilar edik. O`sha yilda shunchaki sahnaning munosib egasi qaytganligi, men ham konsert faoliyatimni shu yilda to`xtatsam, muxlislar uchun juda katta bir o`zgarish bo`lmasligi, o`sha bo`shliqni Yulduz Usmonova bemalol, ortig`i bilan to`ldirishi mumkinligini o`ylagan holda, o`zim qaror qilganman. 2017 yilda dam olish maqsadi bo`lgan, bu degani ‘konsert faoliyatimni butunlay to`xtataman, bundan keyin umuman konsert bermayman, degan maqsad bo`lmagan. Konsert dasturini tashkil qilib yurganlar meni juda yaxshi tushunishadi, bu jarayon juda katta, mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Buning mas`uliyati juda ham og`ir. To`g`risi, mana shu katta mashaqqatli mehnatdan bir yil bo`lsa ham dam olish ma`nosida shu qarorni qabul qilgan edim.

Sharhlar

Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

29.09.2023, 00:10

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
Ozoda Nursaidova og`ir judolikka uchradi

21.01.2023, 08:59

Xonanda Ozoda Nursaidovaning otasi  vafot etdi. Bu haqda xonanda o`zining Instagram sahifasi orqali ma`lum qildi. Sahifasida u otasining suratini ham joylashtirdi.Ma`lum qilinishicha, xonandaning otasi Parpi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1