1

O`zbekistonda turistik mahallalar, qishloqlar va ovullar paydo bo`ladi

Jamiyat 13.08.2019, 23:29
O`zbekistonda turistik mahallalar, qishloqlar va ovullar paydo bo`ladi

Yaqin kelajakda O`zbekistonda Turizm mahallalari, Turizm qishloqlari hamda Turizm ovullari paydo bo`ladi. Bu haqda Prezidentning "O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmonida ko`zda tutilgan.

Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov Prezidentning mazkur farmoni yuzasidan jurnalistlarga batafsil ma`lumot berar ekan, 2019 yilning 1 noyabridan boshlab Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi eng yuqori turizm salohiyatga ega bo`lgan fuqarolar yig`inlari (shaharcha, qishloq, ovullar hamda shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning mahallalari) ro`yxatini shakllantira boshlashini qayd etdi.

Fuqarolar yig`inlari hududlarida 20 tadan kam bo`lmagan oilaviy mehmon uylari yaratilgan va sayyohlar uchun kamida 5 xil xizmat turi (yashash va/yoki ovqatlantirish xizmatlaridan tashqari) ko`rsatilgan taqdirda, ularga "Turizm mahallasi", "Turizm qishlog`i" yoki "Turizm ovuli" maqomi beriladi.

2020 yildan boshlab ushbu maqom berilgan fuqarolar yig`ini "Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturlariga kiritiladi.


Foto: "O`zbekturizm" qo`mitasi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1