1

​O`zbekistonning to`rtta aeroportida “Ochiq osmon” tartibi joriy etiladi

Jamiyat 13.08.2019, 19:09
​O`zbekistonning to`rtta aeroportida “Ochiq osmon” tartibi joriy etiladi

“Ochiq osmon” xalqaro me`yorlariga muvofiq joriy yilning 1 oktyabridan «Qarshi», «Nukus» va «Termez» xalqaro aeroportlarida «beshinchi havo erkinligi» tartibini qo`llagan holda, shuningdek «Buxoro» aeroportida chet davlatlar fuqarolarini tashishda “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.

Mazkur ko`rsatmalar O`zbekiston respublikasi Prezidentining “O`zbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonida nazarda tutilgan.

Ushbu hujjatga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi transport vazirligiga Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda chet el aviasiyasi rahbarlarini va xorijiy aviatashuvchilarni xabardor qilish vazifasi yuklatildi. Shu jumladan, O`zbekistondagi rasmiy kanallarga ham “Ochiq osmon” rejimi e`lon qilingan xalqaro aeroportlar ro`yxatini e`lon qilish topshirildi.

Ushbu chora-tadbirlar mamlakatda turizm sohasini samarali rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1