1

O`zbekistonda turistik startap yoki biznes-g`oya uchun 100 million so`mgacha grant beriladi

Jamiyat 13.08.2019, 18:54
O`zbekistonda turistik startap yoki biznes-g`oya uchun 100 million so`mgacha grant beriladi

O`zbekistonda turizm sohasida innovasion biznes-g`oya va startaplar taklif qilgan mualliflarga 100 million so`mgacha (loyiha qiymatining 30 foizidan ko`p bo`lmagan holda) grant mablag` beriladi.

Bu haqda Prezident shavkat Mirziyoevning “O`zbekiston Respublikasida turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi yangi Farmonida aytib o`tilgan.

Mazkur grant mablag`lar qiziqarli biznes-g`oyalar mualliflariga va ularni amalga oshiruvchilarga Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi qoshidagi Sayohlik sohasini qo`llab-quvvatlash byudjetdan tashqari Fondi mablag`lari hisobidan etkazib beriladi.

Mazkur hujjatga muvofiq O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga bir oy mobaynida sayyohlik yo`nalishidagi innovasion g`oyalar, biznes rejalar va startaplarni tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1