1

Bojxonachilar to`pponcha olib kirishga uringan shaxsni to`xtatib qolishdi

Jinoyat 13.08.2019, 17:49
Bojxonachilar to`pponcha olib kirishga uringan shaxsni to`xtatib qolishdi

O`zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 iyuldagi «Qurol to`g`risida»gi Qonuniga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o`q-dorilarini O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ruxsatnomalariga ko`ra amalga oshiriladi.

2020 yilning 30 yanvaridan e`tiboran kuchga kiradigan mazkur qonunga ko`ra, bojxona to`g`risidagi qonun hujjatlari buzilgan hollarda bojxona organlari tomonidan o`z vakolatlari doirasida olib qo`yilgan qurol va uning o`q-dorilari keyinchalik huquqbuzarlik sodir etilgan joydagi Milliy gvardiya organlariga topshiriladi.

Amaldagi qonunchilikda esa kontrabanda, ya`ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o`xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo`li bilan foydalanib, deklarasiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklarasiyadan foydalanib qurol-yarog`, o`qotar qurol yoki o`q-dorilarni O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o`tkazish uchun javobgarlik belgilangan. Respublikamiz bojxonachilari tomonidan qurol va o`q-dorilarning bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga bo`lgan urinishlar o`z vaqtida fosh qilinmoqda.

So`nggi vaqtlarda amaldagi qonun va qonunosti hujjatlari talablariga zid ravishda chet davlatlardan yurtimizga turli pnevmatik qurollarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib kirishga urinishlar tez-tez uchrab turmoqda. Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Daut-ata” chegara bojxona postida o`zining qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro X.A. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina belgilangan tartibda ko`zdan kechirliganida, avtomobilining orqa o`rindig`i tagiga 1 dona gazli pnevmatik to`pponcha xufiyona tarzda yashirib qo`yilganligi fosh bo`ldi.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib orilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri A.F. esa uyida saqlangan ov qurolini o`z xohishi bilan bojxona organlariga taqdim qildi. Toshkent xalqaro aeroportida aniqlangan bojxona qonun buzilishi holatida esa xorijdan uchib kelgan yo`lovchilardan biri V.S. 1 dona patronni “yashil” yo`lak orqali olib kirishga uringan vaqtida to`xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1