Долзарб мавзулар Foto

Britaniyaliklar ommaviy ravishda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishmoqda (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 13.08.2019, 17:27

Britaniya fuqarolari ilk zaruriy mahsulotlarni ommaviy ravishda sotib olishni boshladi. Mamlakat aholisi Breksit jarayoniga tayyorgarlik ko`rishmoqda. Bu haqda Euronews.com.nashri xabar bermoqda.

Ekspertlar ma`lumotlariga ko`ra, qirollik aholisi so`nggi oylar mobaynida oziq-ovqat, ichimlik va dori-darmon zahirasini to`ldirish uchun 4 milliard funtdan ortiq mablag` sarflashgan. Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta`sir qilishi mumkinligini hozircha hech kim aniq bilmaydi. Yangi saylangan mamlakat Bosh vaziri Boris Jonson joriy yilning 31 oktyabriga qadar mamlakatni Evropa Ittifoqi tarkibidan olib chiqishga va`da bergan. Bunda u Bryussel bilan mazkur masalada kelishuvga erishiladimi, yo`qmi bunga ahamiyat bermasligini ta`kidlamoqda.

Jonsonning “Breksit” masalasida o`zining keskin pozisiyasiga ega ekanligi barchaga ma`lum. Hozirda ekspertlar va biznes vakillariing mazkur masalada xavotirlari ortib bormoqda. Ayrimlar "Breksit"ning oqibati juda xavfli bo`lishini ham ta`kidlashmoqda. Mazkur jarayon bilan bog`liq asabiy holat esa fond birjalari va valyuta bozoriga ham ta`sir etmoqda. Yakunlangan haftada funt kursi evroga nisbatan 2016 yildan beri eng past darajaga tushdi. Aynan shu yili mamlakat aholisi Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqishga ovoz bergan edi. Angliya banki rahbari “qattiq Breksit” jarayoni mamlakat iqtisodiyoti uchun haqiqiy shok bo`lishini ta`kidlamoqda.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA