1

Italiyada ob-havo isib ketishi tufayli aholi qattiq ogohlantirildi

Dunyo 13.08.2019, 16:22
Italiyada ob-havo isib ketishi tufayli aholi qattiq ogohlantirildi

Italiya sog`liqni saqlash vazirligi mamlakatning 11 ta shahri, jumladan, Rimda ob-havoning isib ketishi tufayli eng yuqori – "qizil" darajali xavfdan ogohlantirish e`lon qildi. Mahkama saytida shu haqdagi ma`lumot joylashtirildi.

Havoning 38 daraja isib ketishi mazkur hudud uchun yuqori harorat hisoblanadi. Bu holat mamlakatning ko`pgina yirik shaharlarida kuzatildi. Bugun 13 avgustda ham shunday harorat Italiyaning beshta yirik shaharlari, jumladan Rimda ham qayd etilishi aytilib, mamlakatning ommaviy axborot vositalari aholini ehtiyot choralarini ko`rishga chaqirdi.

O`zbekistonda esa bu kabi havo harorati yoz chillasi uchun odatiy hol bo`lib, ayni jazirama yoz oyida issiqlik hatto 45-48 darajaga etgani qayd etilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1