1

DTM tomonidan texnik xatoga yo`l qo`yilgan test savoli uchun maksimal ball beriladi

Jamiyat 13.08.2019, 16:09
DTM tomonidan texnik xatoga yo`l qo`yilgan test savoli uchun maksimal ball beriladi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig`i Diyorbek Qo`chqorov ishtirokida navbatdagi brifing bo`lib o`tdi. Unda 10 avgust kuni bo`lib o`tgan test sinovi natijalari taqdim etildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 12 avgust kuni respublika bo`ylab 43 ta binoda test sinovlari ikki smenada bo`lib o`tgan. Jami 53 ming 162 nafar ishtirok etishi belgilangan abiturientlardan 51 ming 667 nafari test sinovlariga kelgan. 1464 nafari esa turli sabablarga ko`ra ishtirok etmagan. Shu kuni 11 nafar abiturient hududga kirishda, 20 nafari esa binoda qoidani buzganligi uchun test sinovlaridan chetlatilgan.

10 avgust kuni bakalavr ta`lim yo`nalishining kunduzgi shakli bo`yicha Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining filologiya va tillarni o`qitish fakulteti abiturienti eng yuqori ball to`plagan — 231,9 ball (173,9 ball test sinovlari natijasi, 58 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi); sirtqi ta`lim shakli bo`yicha Farg`ona davlat universitetining filologiya va tillarni o`qitish yo`nalishi — 174,2 ball, kechki ta`lim shakli bo`yicha Toshkent davlat sharqshunoslik institutining tarix ta`lim yo`nalishida — 172,6 ball.

8 avgust kuni Surxondaryo viloyatida, 10 avgust kuni esa Sirdaryo va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida test sinovlari yakunlangani ma`lum qilindi.

Diyorbek Qo`chqorovning bildirishicha, DTM tomonidan texnik xatoga yo`l qo`yilgan test savoli uchun maksimal ball beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1