Xitoy bilan qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksporti bo`yicha samarali kelishuvga erishildi

Iqtisodiyot 13.08.2019, 15:49
Xitoy bilan qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksporti bo`yicha samarali kelishuvga erishildi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Sifat, nazorat, inspeksiyasi va karantin bo`yicha bosh ma`muriyati o`rtasida 2017 yil 5 iyulda imzolangan kelishuvga muvofiq, O`zbekistondan Xitoyga qishloq xo`jaligi mahsulotlari faqatgina havo yo`llari orqali eksport qilinayotgan edi. Endilikda quyoshli respublikamizning shirin-shakar meva-chevalari er usti transportida ham eksport bozoriga etkazilib berila boshladi. Bu esa mahsulot tannarxini kamaytirib hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga zamin yaratadi.

Respublikamizning karantin ostidagi mahsulotlari, shu jumladan, qishloq xo`jaligi mahsulotlarining Xitoy Xalq Respublikasi bozoriga eksporti hajmini oshirish, tadbirkorlik sub`ektlariga qulayliklar yaratish va qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksportidagi raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan yangi infratuzilma yaratish maqsadida, O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasining Bosh bojxona boshqarmasi o`rtasida o`zaro olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ular natijasida XXR tarafi joriy yil avgust oyidan boshlab qishloq xo`jaligi mahsulotlari O`zbekistondan Xitoyga nafaqat havo yo`llari, balki er usti transportlarida Xorgos (Qozog`iston), Alashankou (Qozog`iston) va Irkeshtam (Qirg`iziston) chegara maskanlari orqali eksport qilinishini tasdiqlashga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1