1

Dollar kursi 9000 so`mga etdi

Iqtisodiyot 13.08.2019, 13:08
Dollar kursi 9000 so`mga etdi

O`zbekiston banklari 13 avgustdan boshlab dollarni 9000 so`mdan sotishni, 8940 so`mdan sotib olishni boshladi. Oxirgi to`rt kunda banklarda dollar kursi kamida 100 so`mga qimmatlashgan, deb yozadi Spot manbasi.

Birjada ham AQSh valyutasi ko`tarilib boryapti. O`zbekiston valyuta birjasida 12 avgustdagi savdo yakunlariga ko`ra, dollar narxi 8926 so`mni tashkil etgan. Bu 9 avgustdagiga nisbatan 44 so`m qimmatdir.

Avgust oyi boshida birjada keskin tushib ketgan savdo hajmi asta-sekin tiklanmoqda. 12 avgust kungi yakunlarga ko`ra, bu ko`rsatkich 98,1 mln. so`mni tashkil etgan. Solishtirish uchun bu miqdor 9 avgustda 76,9 mln. so`m, 30 iyulda 147 mln. so`m bo`lgan edi. O`shanda dollar 8706 so`mdan sotilgan.

Ro`y berayotgan bu kabi holat ortida “Ipak Yo`li” banki konversion kartalardan naqd xorij valyutasini bepul echib olish bo`yicha e`lon qilgan aksiyasi to`xtatilganini xabar berdi. Endi bu boradagi komissiya to`lovi narxi 0,5 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan bir qatorda 13 avgustdan konversiya bo`yicha amaliyotlar faqat VISA Exchange, VISA Virtual va UnionPay Exchange konversion kartalari orqali amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1