1

Sentyabrda boshlang`ich tashkilot etakchilari forumi o`tkaziladi

Jamiyat 13.08.2019, 12:15
Sentyabrda boshlang`ich tashkilot etakchilari forumi o`tkaziladi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlaridagi Boshlang`ich tashkilot etakchilari faoliyatini muvofiqlashitirsh bo`limi mudirlari uchun 2 kunlik o`quv-seminar tashkil etildi. Unda etakchilarning yangi o`quv yilidagi faoliyati samaradorligini oshirish, joylarda etakchilarni tanlash bo`yicha hududiy komissiyalar ishini samarali tashkil etishga doir masalalar o`rtaga tashlandi. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi bilan imzolangan qo`shma qarorlar qaytadan ko`rib chiqilib, yoshlar etakchilarini lavozimga o`stirish va korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang`ich tashkilotlar faoliyatini yangi bosqichga ko`tarish bo`yicha fikr-mulohazalar yuritildi.

—Seminarni maxsus dastur asosida tashkil etib, unda yangi o`quv yilida etakchilar faoliyatida loyihalar samaradorligini oshirish, joylarda etakchilarni tanlash bo`yicha hududiy komissiyalar ishi natijadorligiga alohida e`tibor qaratdik, – deydi O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashidagi Boshlang`ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo`limi mudiri Durdona Raximova. —Seminarda boshlang`ich tashkilot etakchilari Forumini tashkil etish masalasi kun tartibiga qo`yilib, bu bo`yicha ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan takliflar saralandi.

Seminar Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da davom ettirilib, qizg`in muhokamalar davomida hududlardagi boshlang`ich tashkilot etakchilari faoliyatini monitoring qilish va reytingini ishlab chiqishga kelishib olindi. Yig`ilish yakunida sentyabr oyida boshlang`ich tashkilot etakchilari forumi o`tkazilishi ma`lum qilindi. Ta`kidlanishicha, mazkur Forumda har bir xudud etakchilari o`z oldidagi ustuvor vazifalarni belgilab oladi. Tuzilgan reyting natijalariga ko`ra eng na`munali faoliyat yuritgan boshlang`ich tashkilot etakchilari munosib rag`batlantiriladi. Shuningdek, “Sosial lift” asosida boshlang`iq tashkilot etakchiligidan hokim o`rinbosari lavozimiga ko`tarilgan yoshlar bilan ham uchrashuvlar tashkil etiladi.

Shahnoza Nurullaeva

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1