1

Elektr energiyasi uchun olti yarim milliard so`mdan ziyod pul mablag`lari undirildi

Iqtisodiyot 13.08.2019, 12:05
Elektr energiyasi uchun olti yarim milliard so`mdan ziyod pul mablag`lari undirildi

Respublika bo`yicha 8 950 nafar iste`molchilarga nisbatan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirilib, 20 245 928 kVt.s. sarflangan elektr energiya uchun ulardan 6 582 662 613.74 so`m miqdorida pul mablag`lari undirildi.

Elektr energiyasi iste`molchilari tomonidan quvvat koeffisientining normativ qiymati ta`minlanmasligi, ya`ni iste`mol qilingan energiya haqi to`lanmasligi oqibatida elektr energiyasini ishlab chiqish va uzatishda yo`qotishlar me`yoridan ortib ketmoqda. Bu borada “O`zenergoinspeksiya” hududlarda iste`molchilar ishtirokida o`quv seminarlar tashkil etib, tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Bundan tashqari iste`molchilar tomonidan reaktiv quvvat kompensasiya qilinmasligi, ya`ni elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida elektr tarmoqlarida qo`shimcha yuklamalar ortib, tizimda kuchlanish meyoridan pasayishiga olib kelmoqda. Bu o`z-o`zidan elektr uzatishga ishonch yo`qolishi, tarmoqlardagi avariya holatlarining ortib ketishiga sabab bo`ladi.

Bunday oqibatlarning oldini olish maqsadida inspeksiya tomonidan shu yilning so`nggi uch oyi davomida respublika bo`yicha 7 470 ta iste`molchilarga ko`rsatma xatlari yuborilgan va ularning 1 821 nafari tomonidan reaktiv quvvatni kompensasiya qilish ishlari amalga oshirildi. Buning natijasida elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo`qolishlarni 1 970 134 kVt.s.ga kamaytirishga erishildi. Takroriy berilgan ko`rsatma va ogohlantirishlar soni 2 638 tani tashkil etib, shulardan 223 nafar iste`molchi ishni to`g`ri tashkil etgani natijasida 527 785 kVt.s. elektr energiyasini tejashga erishildi.

Agar taqqoslab ko`radigan bo`lsak, ushbu tejalgan elektr energiyasi Toshkent shahrida bir sutkada iste`mol qilinuvchi elektr energiyasi miqdorini tashkil etadi yoki boshqacha qilib aytganda bu miqdordagi elektr quvvati bilan bir maktabgacha ta`lim muassasasini o`rtacha yarim yil ta`minlash mumkin bo`ladi.

Ko`rilgan muddatda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilingan hujjatlar soni 34 tani tashkild qildi. Shulardan 6 nafar iste`molchi kompensasiya ishlarini qayta tashkil etganligi natijasida 32 119 kVt.s. elektr energiyasi tejaldi.

Masalan, Andijon tumanidagi iste`molchilar “Irmash plyus” MChJ tomonidan 3 687 kVt.s., “Uztongxong” AJ tomonidan 9 557 kVt.s., “Xorsepover” MChJ tomonidan 2 100 kVt.s., “Uzsemyunko” AJ tomonidan 1 447 kVt.s. va “Transservissavdo” MChJ tomonidan 700 kVt.s. elektr energiyasi tejalgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablarini bajarish maqsadida iste`molchilar tomonidan hisob-kitob davrida elektr ta`minoti shartnomasida ko`rsatilganiga nisbatan quvvat koeffisientining amaldagi qiymatini pasaytirishga yo`l qo`yilganligi to`g`risida “O`zenergoinspeksiya”ning tasdiqlovidan so`ng “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr energiyasi yo`qolishi qiymatining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblariga ko`ra iste`molchilardan mablag`lar undirib kelinmoqda.

Masalan, birgina shu yilning may oyida respublika bo`yicha 8 950 ta iste`molchidan 20 245 928 kVt.s. elektr energiyasi uchun 6 582 662 613.74 so`m miqdorida to`lov undirildi. (Masalan, "Roots Business" MChJ - 72 325 845 so`m, "O`zkabel" OAJ QK - 13 570 007 so`m, "Anglesey Food" IChJ ShQK - 20 620 307 so`m, "Poytaxt Non" MChJ - 5 044 771 so`m, “Zavod maxsus polimer” MChJ ShQK - 5 022 925 so`m, DP LMZ - 24 473 809 so`m.)

Inspeksiya hamda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi o`tkazgan tekshiruvlar natijasida elektr energiyadan foydalanishlar bo`yicha kunga qadar 377 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Etkazilgan zararlar bo`yicha 11 576 596 958 so`mga qayta hisob-kitoblar amalga oshirilgan. Jumladan Qashqadaryo viloyatidagi iste`molchi “Islom Muxtor Hamkor” MChJga 124 222 250 so`m va iyul oyida Toshkent viloyatining Zangiota va Chirchiq tumanlarida o`rganish o`tkazilganda “Sardor Kapital Lyuks” MChJ, yakka tartibdagi tadbirkor Usmanov Abdumalik Abdumutalovich, 3 va 6-sonli Davlat notarial idorasi, fuqaro D.Abdullaev, M.Mo`minovga tegishli g`isht quyish maydonchasidagi nasos elektr tarmog`iga ruxsatsiz ulangani aniqlandi. Ushbu iste`molchilar elektr tarmog`idan uzildi va tegishli choralar ko`rish uchun hujjatlar kerakli bo`limlarga topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1